20:10 / 22.03.2025
221

Tesla Kanadadagi avtosalondan chiqarib yuborildi

Tesla Kanadadagi avtosalondan chiqarib yuborildi
Tesla kompaniyasi Kanadaning Vankuver shahrida o‘tayotgan avtosalondan chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Tengri Auto, "Za rulem" portaliga tayanib.

Tashkilotchilar brend avtomobillarini ekspozitsiyadan olib tashlash orqali salbiy oqibatlarning oldini olishni maqsad qilganini bildirdi. Ular Tesla’ga ko‘rgazmadan ixtiyoriy ravishda chiqishni taklif qilishgan, biroq kompaniya vakillari bunga rozi bo‘lmagan. Natijada, allaqachon ko‘rgazma markazida joylashgan avtomobillar olib chiqilgan va kompaniya nomi avtosalon ishtirokchilari ro‘yxatidan o‘chirilgan.

Avtoko‘rgazma ijrochi direktori Erik Nikolla bu qarorni tadbir xavfsizligi uchun xavotirlar bilan izohladi. So‘nggi haftalarda Tesla dilerlik markazlari, avtomobillari va ularning egalari hujumlarga uchramoqda.

Brend mashinalari yoqib yuborilgan, shinalari teshib ketilgan, kuzovlariga turli yozuvlar yozilgan. Bunga sabab esa Ilon Maskning siyosiy faolligi va AQShning yangi ma’muriyati tomonidan Kanadadan keltirilayotgan mahsulotlarga boj joriy qilgani ekani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto