
2025 yil fevral oyida O'zbekistonda o'rtacha probegga ega bo'lgan Chevrolet Cobalt avtomobillari narxi 2,4% ga pasayib, 12 ming dollarga sotilgan, deb Kursiv Media xabar berdi. Shuningdek, kichik probegli Cobalt o'rtacha 1,2% ga arzonlashib, 12,6 ming dollarga baholangan. Ko'proq foydalanilgan modellari esa 0,5% ga tushib, 11,5 ming dollarga yetgan.
O'rtacha probegli Damas modellari eng katta narx pasayishini ko'rsatgan bo'lib, ularning qiymati 3,6% ga kamayib, 7 ming dollarga tushgan. Shuningdek, Onix, Nexia va katta probegli Chevrolet Tracker krossoverlari narxlari ham sezilarli darajada pasaygan. Masalan, Chevrolet Tracker 16,8 ming dollarga tushgan.
Shu bilan birga, ikkinchi bozorda ommabop bo'lgan mahalliy avtomobillar orasida faqat Chevrolet Equinox krossoveri sezilarli darajada qimmatlashgan. O'rtacha foydalanilgan Equinox narxi 3,2% ga oshib, 32 ming dollarga yetgan.
Import qilingan elektromobillar narxlari ham pasayishni ko'rsatgan. Jumladan, o'rtacha probegli BYD Han 4,4% ga arzonlashib, 32 ming dollarga sotilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar