
Bugatti’ning 2025 yilgi yangi giperkari — Tourbillon nafaqat 1775 ot kuchiga ega dvigateli, balki qo‘shimcha jihozlarining narxi bilan ham rekord o‘rnatmoqda, deb cenyavto.com xabar berdi.
Masalan, karbon effektidagi mat bo‘yoq 360 ming dollar (taxminan 4,8 milliard so‘m), ustki qoplamali mat rang esa qo‘shimcha 60 ming dollar (800 million so‘m) turadi. Pur Sang aerodinamik va chiqindi tizimi uchun to‘plam — 240 ming dollar (3,2 milliard so‘m).
Asosiy hashamatlardan biri bu — 5,5 milliard so‘mlik rozali oltin bilan bezatilgan asboblar paneli. Uning kulrang strelkalari alohida — 1,2 milliard so‘mga baholangan. 3 ta chemodandan iborat to‘plam — 3 milliard so‘m, kuzovni zarbalardan himoyalovchi plyonka esa 2,1 milliard so‘m turadi. Natijada barcha qo‘shimchalar bilan avtomobil umumiy narxi 479 milliard so‘mdan oshadi. Bu esa tarixiy Bugatti Veyron narxidan ham yuqori.
Albatta, Tourbillon xarid qiluvchi mijozlar uchun bu xarajatlar oddiy bir mayda tafsilot. Bu xuddi oddiy odamning Honda Civic uchun pol qopqog‘i xarid qilganidek. Endi esa kutish qoldi — birinchi Tourbillon qayerda paydo bo‘ladi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar