Zaporojsk avtomobil zavodi mahsulotlari safini kengaytirish payida.
Bir muddat avval Xitoyda Chery markasining yangi krossoveri sotila boshlangandi (rasmdagi). Tiggo 3X ixcham krossoveri yosh xaridorlarga mo‘ljallab, bejirim va arzon ishlangan. Komplektasiyasiga qarab 63900 yuandan 79900 yuangacha narxda sotiladi. Uzunligi 4200, kengligi 1760, bo‘yi 1570, g‘ildiraklar bazasi 2555 mm. 1,5 litrli motori 106 ot kuchiga egadir.
“Avtosentr” nashri UkrAVTO korporasiyasi vakillariga asoslanib xabar berishicha, yuqoridagi krossoverni ukrain avtomobilsozlari ham ishlab chiqarish imkonlarini chamalamoqda.
Ammo ukrainlar yurtida yangi krossover ishlab chiqarilishi hali gumon. UkrAVTO bildirishicha, qachonki yiliga 30 ming krossover ishlab chiqarilsa loyiha o‘zini oqlashi mumkin. “Ukravtoprom” avtomobilsozlar uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra 2016 yilning 9 oyi mobaynida ukrain avtobozori hajmi 50 ming avtomobildan sal oshdi xolos.
Bordiyu, Tiggo 3X o‘zi “ZAZ” emblemasini taqishni istaganda ham bu osonlikcha amalga oshmaydi. Chunki oktyabr oyida “ZAZ”ning bozorga chiqargan mashinalari soni yuzga ham etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?