
Lexus kompaniyasi 7 o‘rinli yangi elektromobil — Lexus TZ modelini ishlab chiqmoqda, deb xabar beradi daily-motor.ru. Bu model 2023 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan TZ 450e va TZ 550e savdo belgilariga asoslangan.
SUV Toyota’ning yangi elektr platformasida quriladi. Unda 2 motorli to‘liq yurituv tizimi bo‘ladi va 500 km dan ortiq yurish masofasi ta’minlanadi.
Avtomobil 6 yoki 7 o‘rinli salon bilan taklif qilinadi. Dizayni futuristik bo‘lib, murakkab old bamper, yopiq radiator panjarasi, nozik chiroqlar, qora tom va plastik eshik qopламалари bilan ajralib turadi.
Lexus TZ AQShning Kentukki shtatida yig‘iladi, batareyalari esa Shimoliy Karolinada ishlab chiqariladi. Model 2026 yilda taqdim etilishi kutilmoqda va Audi, BMW, Mercedes-Benz kabi raqobatchilar bilan bellashadi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar