date
views 149 296

O‘zbekistonda avto bozorda kutilmagan burilish

O‘zbekistonda avto bozorda kutilmagan burilish
2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 75 353 dona avtomobil sotildi, deb xabar berdi O‘zavtosanoat.

Eng ko‘p ulushni yana “UzAuto Motors” saqlab qolgan — 54,3 foiz. Ammo...

Chevrolet brendining sotuvi 62 260 dona bo‘ldi — o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga kam. Ya’ni, o‘tgan yilgi 77 100 donadan pasaygan.

Shu paytda boshqa brendlarda o‘sish kuzatildi:
  • KIA – 5 431 dona (54,5% o‘sish)
  • BYD – 4 045 dona (22,6% o‘sish)
  • CHERY, HAVAL, ISUZU kabi nomlar ham bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.

Qiziq tomoni, sotuvdagi barcha modellarning 82%dan ortig‘ini faqat uchta kompaniya — UzAuto Motors, Khorezm Auto va ADM Jizzakh ishlab chiqargan.

Bu raqamlar avto bozorda yangi raqobatchi brendlar va trendlar paydo bo‘layotganini ko‘rsatadi. Iste’molchilar endi tanlovda faqat an’anaviy modellarga bog‘lanib qolmayapti.

Siz nima deb o‘ylaysiz: endi avto bozorda yangi davr boshlanadimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avto bozorda kutilmagan burilish