18:50 / 22.11.2016
9 832

Ravon R4 avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishga kirishildi

Ravon R4 avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishga kirishildi

GM Uzbekistan tasdiqlangan rejalarga muvofiq Ravon brendi ostida sotuvga chiqarilayotgan avtomobillar modellari safini kengaytirishda davom etmoqda. Bu haqda Daryo ma’lum qildi.

Asakadagi avtozavodda MDH mamlakatlari bozori uchun mo‘ljallangan Ravon R4 avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishga kirishildi. Mazkur mashinalarning birinchi turkumi Rossiyaga yuborildi. Yaqin orada korxona Hamdo‘stlikning boshqa davlatlariga ham Ravon R4 avtomobillarini jo‘natishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu model ko‘rkam dizaynga ega, 1,5 litrli B-DOHC dvigateli va yangi avlod avtomatik transmissiyasi bilan jihozlangan. Xavfsizlik tizimi haydovchi va oldingi yo‘lovchi xavfsizlik yostiqchalari, kuchaytirilgan orqa o‘rindiqlar hamda ISOFIX bolalar kreslolarini mustahkamlash tizimi bilan ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon R4 avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishga kirishildi