
Avtomobilni Rossiya sharoitida boshqarish oson emas — qattiq qish, jazirama, yomon yo‘llar va yoqilg‘i sifati uni tez ishdan chiqaradi. Ammo SpeedMe.ru nashri eksperti Dmitriy Novikovning fikricha, 5 oddiy harakat orqali mashinangizni uzoq saqlash mumkin, deb SpeedMe.ru xabar berdi.
1) Kuzovni tez-tez yuving. Ayniqsa qishda tuz va chang bo‘yoqni yemiradi. Har ikki yilda bir marta antikor tavsiya etiladi.
2) Moy va filtrlarni o‘z vaqtida almashtiring. 8–10 ming km’da motor moyini yangilang. Havoning sovuqligida past viskoziteli moy ishlating. Havo va yoqilg‘i filtrlarini ham unutmang.
3) Matorni sovuqda zo‘riqtirmang. Ayniqsa turbo motorlarda to‘xtashdan avval motorni bir necha daqiqa bekor holatda ishlatish foydali.
4) Boshqa qismlardagi moylarni ham almashtiring. Avtomat uzatma qutisi, most va razdatka ham e’tibordan chetda qolmasin. Har 50–60 ming km’da yangilang.
5) Akkumulyatorni qishda tekshirib chiqing. Elektr tizimida yuklama bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Konditsionerni har oyda bir marta yoqing.
Avtomobil SaqlashRossiya SharoitiKuzovni YuqishMoy FiltrlarMatorni SovuqdaAkkumulyatorni Tekshirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar