
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 1 iyundan boshlab haydovchilar uchun jarima ballari tizimini joriy etish haqida qaror qabul qildi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Hujjat Lex.uz saytida e'lon qilingan.
Yangi tizimga ko'ra, haydovchilarga yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun quyidagicha ballar beriladi:
• Davlat raqam belgilarisiz harakatlanish — 1 ball
• Signal ovozini o'zgartirish — 0,2 ball
• Tezlikni oshirish — 0,5 dan 2 ballgacha
• Xavfli haydash — 1,5 ball
• Qoidalarga zid ravishda quvib o'tish — 1 ball
Agar haydovchi bir yil ichida 12 yoki undan ortiq ball to'plasa, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuziladi. Agar 6 oy davomida hech qanday qoidabuzarlik sodir etilmasa, 2 ball hisobdan olib tashlanadi.
Ma'lumotlarni E-jarimaball mobil ilovasi, rasmiy sayt va davlat xizmatlari portali orqali tekshirish mumkin bo'ladi. Har bir ball qo'shilganda haydovchilarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
O'zbekiston RespublikasiHaydovchilar JarimaYo'l HarakatiQoidabuzarlikDavlat RaqamE-jarimaball O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar