
Ford kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Bill Ford, ya’ni Genri Fordning nabirasi, AQShda elektromobillar uchun subsiya va soliq imtiyozlari qisqartirilishiga qarshi chiqdi, deb xabar berdi auto.mail.ru.
Michigan shtatidagi konferensiyada so‘zga chiqqan Bill Ford ta’kidlashicha, agar Kongress “yashil transport”ni qo‘llab-quvvatlashni kamaytirsa, Michigan shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan akkumulyator zavodi xavf ostida qoladi. U yerda 1700 kishi ish bilan ta’minlanishi kerak edi.
“Hamma xarajatlar allaqachon qilinib bo‘linganidan keyin siyosatni o‘zgartirish adolatdan emas”, — dedi Bill Ford.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala siyosat emas, balki adolat masalasi. Ford, shuningdek, Tramp boshchiligidagi yangi siyosatni tanqid qilar ekan:
“Siyosatchilar elektromobillar kerak yoki kerak emas, deb fikr bildirishlari mumkin, lekin qoidalarni o‘zgartirmang — biz sarmoya kiritdik”, — dedi u.
Qizig‘i, bunday fikrni General Motors, Hyundai, Toyota va Volkswagen kabi raqobatchilar ham ilgari ilgari surgan edi.
Shuningdek, Ford uchun xavfli holatlardan yana biri — AQSh va Xitoy o‘rtasidagi siyosiy keskinlik. Kompaniya CATL kompaniyasidan arzon litiy-ion batareyalar ishlab chiqarish litsenziyasini olishni rejalashtirgan, biroq kompaniya AQSh Mudofaa vazirligi sanksiyalariga tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar