
O‘zbekiston ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar pasayishi kuzatildi, deb uz.kursiv.media xabar berdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 2025-yilning may oyi uchun bozor tahlil natijalarini e’lon qildi.
Tahlilga ko‘ra, may oyida ko‘plab avtomobillar narxi aprelga nisbatan arzonlashgan. Bu holat bozor sharoitlari va iste’molchilar talabining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mahalliy ommabop avtomobillardan «Onix», «Lacetti», «Cobalt», «Nexia», «Spark» va «Damas» modellari narxida pasayish qayd etilgan. Masalan, ko‘p foydalanilgan «Onix» o‘rtacha $800 (taxminan 10 050 000 so‘m) ga arzonlashgan. «Damas» esa holatiga qarab $50–$200 (650 000 – 2 600 000 so‘m) gacha pasaygan.
Lyuks segmentdagi «Equinox», «Malibu» va «Tracker» modellari narxlari ham tushgan. «Malibu» o‘rtacha $1450 (18 200 000 so‘m) ga arzonlashgan. Biroq ba’zi hollarda «Equinox» va «Tracker» kabi modellar biroz qimmatlashgan.
Elektromobillar segmentida aralash tendensiya kuzatilgan. Masalan, BYD «Song Plus EV Champion» o‘rtacha $150 (1 900 000 so‘m) ga arzonlashgan. Biroq BYD «Han» va «Yuan Up» narxlari $400–$2000 (5 200 000 – 26 000 000 so‘m) oralig‘ida oshgan.
Xorijiy avtomobillar orasida eng katta narx tushishi Kia «Carnival» ($3500 — 45 500 000 so‘m) va «Sorento» ($2100 — 27 300 000 so‘m) modellarida kuzatildi. Kam foydalanilgan «Elantra» va «Sorento» modellarining ayrimlari esa biroz qimmatlashgan. Tahlil olx.uz platformasidagi 31 mingga yaqin e’lonlar asosida tuzilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar