20:16 / 04.12.2016
7 865

Shved kompaniyasi eng katta avtobus yasadi

Shved kompaniyasi eng katta avtobus yasadi

Shvedlarga qarashli Volvo Bus kompaniyasining Lotin Amerikasidagi bo‘linmasi dunyodagi eng katta yo‘lovchi avtobusini tayyorladi.

Ko‘p bo‘lakli avtobus Gran Arctic 300 deb nomlangan. Uch segmentdan iborat. 300 yo‘lovchini sig‘diruvi bu transport uzunligi 30 metr. U Braziliya transport tizimida xizmat qiladi va megapolislarda qatnaydi.

Volvo ulkan avtobusni birinchi marta yasayotgani yo‘q. Yigirma yil muqaddam Braziliya uchun ikki sharnirli, 270 yo‘lovchini oladigan yirik avtobus tayyorlab bergan. Bu turdagi avtobuslar ko‘cha harakatiga xalaqit bermaslik uchun faqat BRT tizimida qo‘llanadi, ya’ni alohida ajratilgan polosalarda qatnaydi hamda bekatlarga turniket orqali o‘tiladi.

“Volvo”chilar keng sig‘imli bu avtobus yo‘lga qo‘yilishi yo‘lovchi tashish xarajatini qisqartiradi, yo‘ldagi tiqinlarni kamaytiradi va katta shaharlar ekologiyasini bir qadar yaxshilaydi, deb hisoblashadi. Gran Arctic 300ning texnik ko‘rsatkichlari, hozircha, e’lon qilinmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Shved kompaniyasi eng katta avtobus yasadi