Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari sabab 19 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi, deb Kursiv xabar berdi. Ishlar Grand Mir mehmonxonasidan Chopon Ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismda amalga oshirilmoqda.
Masalan, №12 va №45 avtobuslari endi Babur, Kichik halqa yo‘li, Qushbegi, Mukimi orqali harakatlanadi. №18 esa Mukimi, Arnazoy va Chopon Ota ko‘chalaridan o‘tadi. №33 yo‘nalishi Chopon Ota, S. Sirojiddinova, Shohjahon va Babur orqali o‘zgartirilgan.
Transport boshqarmasi ma’lum qilishicha, ayrim ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishi va avtobuslar intervali cho‘zilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar