date

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining e’lon qilgan so‘nggi hisobotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–iyul oylari mobaynida turli marka va modeldagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari aniqlandi. Unga ko‘ra, yetti oy ichida mamlakatda jami 212 156 dona yengil avto (maxsus toifaga kiruvchi yengil transport vositalari hisobga olinmagan holda) ishlab chiqarilgani qayd etildi.

Hisobotda keltirilishicha, ushbu mashinalar turi va rusumlari bo‘yicha quyidagicha:

Cobalt – 83 167 dona;

Damas – 51 587 dona;

Tracker – 26 385 dona;

Onix – 18 734 dona;

KIA – 14 419 dona;

Chery – 4 838 dona;

Haval (Haval) – 4 425 dona;

BYD – 8 601 dona;

Maxsus yengil avtomobillar – 28 951 dona.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?