date

Mercedes-Benz Nissan’dagi ulushini $325 millionga sotdi

Mercedes-Benz Nissan’dagi ulushini $325 millionga sotdi

Mercedes-Benz kompaniyasi Nissan Motor kompaniyasidagi 3,8% ulushini 47,83 milliard yen (ya'ni $325 million)ga sotgani haqida Kursiv media xabar berdi.

Ushbu xabar ortidan Nissan aksiyalari 6% ga tushib, iyuldan beri eng katta pasayishni ko'rsatdi. Ulushlar 341,3 yen narxda sotilib, talab taklifdan oshdi, eng yirik 10 investor umumiy ulushning 70% ini oldi.

Mercedes-Benz kompaniyasi ushbu ulushning strategik ahamiyati yo'qligini va sotuvning «portfelni tozalash» maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Nissan esa AQSh va Xitoydagi savdo pasayishi va tariflar sababli o‘tgan chorakda 535 million dollar zarar ko‘rganini e'lon qildi. Shu bilan birga, kompaniyaning yangi bosh direktori Ivan Espinosa 2027-yilgacha ishlab chiqarish hajmini 3,5 milliondan 2,5 millionga qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Renault kompaniyasi Nissan’dagi 35,7% ulushga ega va ekspertlar uning ulushni asta-sekin kamaytirishini taxmin qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mercedes-Benz Nissan’dagi ulushini $325 millionga sotdi