Uber kompaniyasi AQShning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida hukumatning noroziligiga va unda tegishli ruxsatnoma yo‘qligi haqidagi da’volariga qaramay, avtopilot bilan boshqariladigan taksilarni onlayn tarzda buyurtma qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishda davom etadi. Bu haqda Uber vakili Entoni Levandovski ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».
Uber haydovchisiz taksi servisini San-Fransiskoda 14 dekabr, chorshanba kuni ishga tushirdi. Kaliforniya rahbarlari kompaniyada avtonom transport vositasining shtat yo‘llari bo‘ylab qatnashi uchun huquq beruvchi zarur ruxsatnoma bo‘lmagani uchun, u qonunni buzayotganini ma’lum qildi. Uber’dagilar esa ularning haydovchisiz taksilarini to‘liq avtonom deb hisoblab bo‘lmasligini, chunki ularda xavfsizlik maqsadlarida haydovchi o‘tirishi va har qanday lahzada boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
16 dekabr kuni Uber haydovchisiz taksi servisini tugatishdan bosh tortgach, Kaliforniya prokuraturasi vakillari kompaniyani ishni tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasa, u sudga oshirilishi bilan tahdid qildi va kompaniyaga «kelasi hafta boshigacha» muddat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?