Euro NCAP tashkiloti bir qancha yengil mashinalarni to‘qnashuv testidan o‘tkazdi va “o‘z sinfidagi eng yaxshisi”ni aniqladi, deb yozmoqda Carzone.uz sayti. Bu avtomobillar umumiy reytingda besh yulduzchaga loyiq topildi va alohida sinovlarda yuksak natijalar ko‘rsatdi.
“Kichik krossover” kategoriyasida sovrindor Vokswagen Tiguan bo‘ldi. Unda o‘tirgan haydovchi va katta yoshli yo‘lovchilarning himoyasi 96 foiz, bolalarniki esa 84 foizga baholandi. Euro NCAP ekspertlari kuzov strukturasi old va yondan zarbalarga dosh bergani hamda avtotormozlash tizimi puxta ishlashini alohida qayd etishdi. Xavfsizlik tizimining ishlashi 68 foizga baholandi.
“Kichik oilaviy avtomobil” kategoriyasi bo‘yicha Hyundai Ioniq gibrid xetchbekiga etadigani topilmadi. Katta yoshli yo‘lovchilar himoyasi 91 foiz, bolalarniki 80 foiz, xavfsizlik tizimi esa 82 foiz deb baholandi. Avtomobilni polosada tutib yurish tizimi diqqatga sazovorligi eslab o‘tildi.
“Katta oilaviy avtomobil” kategoriyasida Toyota Prius eng yaxshisi deb topildi. Kattalarning himoyasi 92 foiz, bolalarniki 82 foiz. Xavfsizlik tizimi bahosi 85 foiz. “Prius”ning asos versiyasida ham Toyota Safety Sense tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, qarama-qarshi to‘qnashuvlarning oldini oladi va piyodalarni ham sezadi.
Bu yili Euro NCAP piyodalarni “ko‘radigan” avtotormozlash tizimiga alohida e’tibor bermoqda. Umuman, baholash mezoni yanada qat’iylashganini aytib o‘tish joiz. Asosiy baho avtomobilning asos komplektasiyasiga berilyapti. Xavfsizlik tizimi bilan to‘la jihozlangan versiyasi esa alohida baholandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?