date

Jarima ballari tizimi yo‘l qoidabuzarliklarini 58 foiz kamaytirdi

Jarima ballari tizimi yo‘l qoidabuzarliklarini 58 foiz kamaytirdi

1-iyundan e’tiboran yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun amalga oshirilgan jarima ballari tizimining samarasi avvalgidan sezilarli darajada ko‘rinmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tizim ishga tushirilganidan keyingi ilk uch oyda 60 mingdan ortiq haydovchi jarima ballari bilan hisobga olingan.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, haydovchilar orasida eng yuqori – 5 ball to‘plaganlar faqat 4 nafar, 4 ballga erishganlar 14 nafar, 3 ballga yetib olganlar esa 129 nafarni tashkil etgan. 2 ball olgan haydovchilar soni qariyb 5 mingni tashkil qilsa, eng kam – 1 ballga tushganlar soni 64 minga yaqin bo‘lgan. Shu bilan birga, mamlakat bo‘ylab 9 million 325 mingdan ziyod haydovchi hech qanday jarima balli olinmagani qayd etilgan.

Tizimning joriy etilishi yo‘l harakatida intizomni sezilarli oshirdi. Iyundan avgustgacha bo‘lgan davrda aniqlangan qoidabuzarliklar soni 167 mintani tashkil etdi, bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 285 mintani tashkil etgani bilan solishtirganda 58 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, haydovchi aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni ham sezilarli darajada qisqardi. 2024-yilda 531 ta hodisa qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 338 taga tushgan, ya’ni 36 foizga kamaygan.

YHXX eksperti tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, jarima ballari tizimi nafaqat qoidabuzarliklarni qisqartirdi, balki haydovchilar orasida mas’uliyat va diqqatni oshirdi, yo‘l harakatida xavfsizlikni ko‘tardi va umuman mamlakat yo‘llarida barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jarima ballari tizimi yo‘l qoidabuzarliklarini 58 foiz kamaytirdi