21:24 / 27.12.2016
6 526

Texnologik singulyarlik va shaxsiy transport: avtomobil sanoatini yaqin 20 yil ichida nimalar kutyapti

Texnologik singulyarlik va shaxsiy transport: avtomobil sanoatini yaqin 20 yil ichida nimalar kutyapti

WayRay startapining asoschisi va bosh direktori Vitaliy Ponomaryov o‘zi boshqariluvchi avtomobillar ko‘paygach, shaxsiy avtomobil olamida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Muallif haydovchisiz transport rivojlanishi natijasida yaqin 20 yil ichida deyarli 300 mln odam ish o‘rnini yo‘qotadi, ammo olamshumul o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda Carzone sayti xabar bermoqda.

“Bugun nafaqat haydovchisiz avtomobillar haqida, balki avtomobil sanoati yaqin 20 yil ichida qanday o‘zgarishi haqida mulohaza yuritmoqchiman. Men ulkan o‘zgarishlar va boy hodisalar ketma-ketligini ko‘ryapman. Shaxsiy transport masalasi sayyoramiz aholisida mutlaqo qiziqish yoki shov-shuv uyg‘otmasligiga kafolat beraman. Siz, masalan, elektron pochta yoki smartfon ishlatib hayratlanmaysiz-ku, avtomobil sohasida ham shunday bo‘ladi.

Men yuzga yaqin odam ishlaydigan kompaniyani boshqaraman. Dunyo bo‘ylab to‘rt ofisimizga egamiz va asosiy ish markazimiz Moskvada joylashgan. Dunyoda faqatgina biz avtomobillar uchun asl qo‘shimcha voqelik (realnost) tayyorlaymiz.

Bunday texnologiya asosan navigasiyada qo‘llanadi, ya’ni virtual ob’ektlar yordamida haqiqiy olam to‘ldiriladi. Odamlar boshqarishdan kamroq chalg‘iydi va xavfsizroq bo‘lishadi. Texnologiyaning o‘zi bir qarashda ko‘rinishiga nisbatan ozgina murakkab. Bunda materialshunoslik, optika, lazerlar, elektronika, ko‘plab dastur va algoritmlar bor.

Shunday mahorat sandig‘i bizga haydovchisiz avtomobillar uchun qo‘shimcha voqelik tizimini ishlab tugallash imkonini berdi. Uni biz yanvarda Las-Vegasdagi CES ko‘rgazmasida ko‘rsatamiz.

Avtomobil brendlari bilan to‘rt yil hamkorlik qilib nimalarni bilib oldik

Birinchidan, avtomobil brendlarining barchasi marketing libosi xolos. Ularning barchasi haliyam dvigatellar, transmissiyalar, tashuvchi konstruksiyalar ustida ishlashni davom ettirmoqda. Shuningdek, ular bizga noyob dizaynni (tashqi va ichki) sotadi. Bizga hissiyotlar, turmush tarzini sotib, qo‘shilgan qiymatni shakllantiradi.

Masalan, Porsche har bir sotilgan avtomobildan taxminan 15 ming evrodan ishlaydi. Jami sanoat bo‘yicha har bir sotilgan avtomobildan olingan sof foyda ming evrodan boshlanadi. Ya’ni Porsche xarid qilarkansiz, ustiga ming evro to‘lanadigan avtomobildan oladigan hissiyotlaringizga qo‘shimcha yana 14 ming evro to‘laysiz.

Qolgan narsalarsiz avtomobil g‘ildiraksiz, rama va hashamli qobiq o‘rtasidagi dvigatelli arava kabi tus olardi. Qolgan barchasini, ya’ni asosiy texnologiyalar va innovasiyalarni siz eshitmagan yoki bu ishni bajarmaydi, deb o‘ylagan kompaniyalar bajaradi. Masalan, Continental shina, Bosch esa kofeyanchar chiqaradi, deb hisoblanadi. Bu kompaniyalar TIER1 –avtomobil komponentlarining yirik intergatori, deb ataladi. Undan quyida yana TIER2 qatlami ham bor. Startaplarni alohida ajratib ko‘rsataman, endilikda bu texnologiyalarning ham bozori qizib ketgan.

Aynan shu raqobatbardoshlik xususiyatlarining ortidan quvib hamda mashina ustiga 15 ming evro qo‘yib sotish umidida avtokonsernlar ilg‘or texnologiyalarning eshigi oldida navbatda turishadi.

Bu nimaga olib keladi?

Innovasiyalarni brendlar tayyorlamasa, industriya esa jadallik bilan haydovchisiz avtomobillar tomonga siljiyversa, avtomobil brendlarining mavqei ikkinchi o‘ringa tushib qoladi, xizmatlarini taklif qiladigan texnologik kompaniyalar ularning o‘rnini egallaydi.

O‘zi boshqariladigan avtomobilingizda miriqib uxlab yotganingizda sizni dvigatel quvvati yoki avtomobilsozlik kompaniyasining ko‘p asrlik tarixi qiziqtirmaydi. Hozirdanoq avtomobil brendlarining yo‘qolish alomatlarini sezyapmiz. Volkswagen butun boshli bo‘linmalarini bo‘shatyapti, dizelli dvigatellarni ishlashdan voz kechyapti, ammo bir yarim yil ichida haydovchisiz texnologiya bilan shug‘ullanadigan 150 ming injenerni ishga olish rejasi bor.

Suzuki haydovchisiz texnologiya bo‘yicha bugun eng ilg‘or bo‘lgan Toyota kompaniyasi bilan birlashyapti. Renault-Nissan yoniga Mitsubishi yaqinlashyapti. Yo‘qolib ketish talvasasi: yo bu kunni orga surishga urinasan yo Google yutib yubormasidan o‘z narxingini belgilaysan. Marhamat, Google ikki brendni sotib ol va uchinchisi senga sovg‘a.

Haydovchisiz avtomobillar hayotimizni qaysi tomonga o‘zgartiradi? Sizniki va bizniki umuman o‘zgarmaydi, agar o‘quvchilarimiz orasida professional haydovchilar bo‘lmasa. Kimki taksidan foydalangan bo‘lsa, endi haydovchisiz taksidan foydalanadi. Kimning shaxsiy avtomobili bo‘lgan bo‘lsa, xuddi ilgarigidek shaxsiy avtomobil xarid qiladi, faqat uni o‘zi boshqarmaydi. Umuman aytganda, harakatlanish xavfsiz, qulay va arzon bo‘ladi.

Haydovchisiz avtomobillar inqilobi mohiyatini jamiyat yuzaki tushunadi.

70 mln professional haydovchilar ishsiz qoladi. Yana 200 mlntacha odam ixtisosligini qisman yoki to‘liq almashtirishga majbur bo‘ladi. Deyarli 300 mln kishining taqdiri 20 yil davomida o‘zgaradi. Qanday iqtisodiy natija keltirishi changyutkich ixtiro etilishidan va 50-yillarda AQShda fermerlikning avtomatlashtirilishidan ko‘ra yaqqolroq ma’lum. Changyutkich AQShlik farroshlarni ishsiz qoldirgan, fermerlik avtomatlashtirilishi natijasida esa AQShning 40 foiz aholisi kovboylar boshqa ish qidirishga tushgan edi. Bilasizmi, bu naf berdi. Shu kovboylar yangi kompaniyalar tuzdi, ishi yurishib ketdi.

Mening sevimli kashfiyotlarimdan biri avtomobillarning ekstereri endi xarid qaroriga ta’sir ko‘rsata olmasligidir. Ichkaridagi qulaylik muhimroq bo‘ladi. Barcha e’tibor avtomobildagi sizning oromingiz, ishingiz, ko‘ngil ochishingiz, hattoki jinsiy aloqangizga qaratiladi. Hozirdanoq turli markalarning intererlari bir-biriga o‘xshamay ketayotganligi sezilmoqda. Avtomobil ishlab chiqaruvchilarning har biri o‘ziga xos uslub, mahorat kasb etmoqda. Yangi Cadillac va yangi Lexus intererini solishtirib ko‘ring. Turli sayyoralarning kelganga o‘xshaydi.

Yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lmasa-da, yana bir muhim mavzu haydovchisiz avtomobillardagi qo‘shimcha voqelik masalasidir. Tasavvur qiling: siz haqiqiylikka ko‘chgan muqobil virtual olamni tanlay olasiz. Unda sayr qilasiz, tomosha qilib o‘rganasiz, qiziqarli joylarda bo‘lasiz, pokemonlar tutasiz, muloqotda bo‘lasiz va bularning hammasini mashinadan tushmasdan amalga oshirasiz. Aniq joylarga aloqador bo‘lgan kattakon kontekst reklamalari paydo bo‘ladi. Bu g‘ildirakli Google AdWords.

Insoniyatning katta umidi barcha elektrokarlar pirovardida ekologik xavfsizlashuvidir.

Ko‘pchilik zamonaviy elektrokarlar atrof-muhitga ichki yonuv dvigatellaridan ko‘proq zarar keltirishini bilmaydi.

Biz transportimizni to‘liq “yashillashtirish”ning uddasidan chiqamiz. Shaxsan o‘zim vodorodli avtomobillarga ko‘proq ishonaman. Ular qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqarilgan energiyani saqlash masalasini hal qiladi.

Sizning avtomobilingizda energiya uzatishning yangi “yashil” sikli quyidagicha kechadi: shamol generatori yoki quyosh paneli elektr ishlab chiqaradi va elektr shu ondayoq vodorod olishga sarflanadi. Vodorod ekologik toza bo‘lish bilan birga an’anaviy yonilg‘i singari saqlasa bo‘ladi. Fuel cells yonilg‘i yacheykalarida vodorod energiyasini elektr va toza suvga aylantirish mumkin.

Xulosa

Qanday xulosalar yasash mumkin?
  • Agar siz avtomobil sanoatiga aloqador bo‘lmasangiz, ehtimol, o‘z hayotingizda biror o‘zgarish sezmaysiz. Taksi xizmatiga pul to‘lab yuraverasiz. Agar avtomobilingiz bo‘lsa, unda hozirgiga qaraganda kamroq soliq to‘laysiz – haydovchisiz avtomobil uchun infrastrukturani tasarruf etish arzonroqqa tushadi.
  • Interer dizaynerlari yuqori haq to‘lanadigan mutaxassis bo‘lib qoladi.
  • Reklama va ilova tayyorlovchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi, haydovchisiz avtomobil yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha voqelikning yangi ilovalar bozori paydo bo‘ladi.
  • Elektromobillar avtomobilsozlikning muvaffaqiyatli xotimasi emas.

Texnologiya boshqa sohalardagi taraqqiyotdan ihotalangan holda rivojlanmaydi. Qolaversa, qo‘shimcha va aralash voqelik texnologiyasining rivojlanishi uyingizdan ishga borish zaruratidan va hattoki, sayohatga chiqishdan xalos etadi. Yanada o‘tkirroq mavzu atrofimizni qurshab turganlarning barchasini avtomatlashtirish va yana avtomatlashtirishdir. Odamzod pornografiyaga batamom sho‘ng‘ish effekti bilan kifoyalanib ko‘payishdan to‘xtaydi. Bizning sonimiz juda ozayib ketadi.

Biz texnologik singulyarlik deb atayotgan hodisaning oqibatlarini bashorat qilish murakkabdir. Ammo shunisi ma’lumki, biz sayohat va kashfiyotlarga tobora kamroq vaqt sarflaymiz hamda bu shaxsiy transportga bo‘lgan talabda aks etadi”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Texnologik singulyarlik va shaxsiy transport: avtomobil sanoatini yaqin 20 yil ichida nimalar kutyapti