12:37 / 17.04.2015
7 873

Volkswagen yangi Transporter modelini namoyish etdi

Volkswagen yangi Transporter modelini namoyish etdi

Volkswagen kompaniyasi yangi modeldagi ikkita prototipni avtomobil ishqibozlariga namoyish etdi. Ulardan biri oltinchi avlod Transporter furgonidir. Model takomillashtirilgan dizel motorlariga, zamonaviylashtirilgan interer va kengaytirilgan yordamchi elektron tizimlarga ega, deb xabar bermoqda "Kun.uz".

Beshinchi avlod furgonidan yangi model kuzov qurilishi, radiator panjarasining kichraytirilganligi, old faralarining shakliga ko‘ra farqlanadi.

Salondagi uskunalar paneli multimedia tizimining 6,33 dyuymli sensorli ekranga ega bo‘ldi. Displey atrofida joylashgan maxsus sensorlar haydovchi yoki yo‘lovchining qo‘li monitorga yaqinlashishi bilan tizimni kiritish rejimiga o‘tkazadi. Shuningdek, ular orqali tizimni imo-ishoralar yordamida boshqarish, jumladan, qo‘shiqlar ro‘yxatini “varaqlash” mumkin.

Mashina 2 litrli TDI dizelli dvigatellari bilan jihozlangan bo‘lib, ularning quvvati 84, 102, 150 va 204 ot kuchiga tengdir. Shuningdek, avtoulovga 150 va 204 ot kuchiga ega 2 litrli benzinli turbomotorlar o‘rnatsa bo‘ladi.

Shuningdek, Volkswagen kompaniyasi Transporter’ning yo‘lovchilarga ixtisoslashtirilgan versiyasi bo‘lmish Multivan modelining Generation Six deb nomlangan yangi turini ishlab chiqarishini ma’lum qildi. U oldingi avlod ulovidan kuzovi, xromlangan unsurlari, 18 dyuymli g‘ildirak disklari, old faralari va alkantara qoplangan o‘rindiqlari bilan farqlanadi.

Germaniyada yangi Transporter 23 035 evroga, Multivan esa 29 952 evroga sotilishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volkswagen yangi Transporter modelini namoyish etdi