Sergeli mashina bozori to‘rt kun ishlamaydi

Sergeli mashina bozori to‘rt kun ishlamaydi
Sergeli mashina bozori to‘rt kun ishlamaydi

Toshkentdagi Sergeli mashina bozoriIste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» kompaniyasi) to‘rt kun ishlamaydi.

Kompaniya tomonidan tarqatilgan bildirishnomaga ko‘ra, bozor kuzatuv kengashining 24 dekabrdagi bayonnomasiga asosan 2016 yilning 30—31 dekabr va 2017 yilning 1 yanvar kunlari sanitariya kunlari deb e’lon qilingan hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan bu kunlarda bozor vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi.

Daryo.uz‘ning yozishicha, sergeli mashina bozorida dushanba har doim dam olish kuni hisoblangan, shu sababli bozor 2 yanvar, dushanba kuni ham ishlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 29 dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, 2017 yilning 2 yanvari dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar