AQShning Trassalardagi harakat xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarmasi 2016 yil mayida Tesla Model S ishtirokida sodir bo‘lib, haydovchining o‘limini keltirib chiqargan avtohalokatni tekshirish natijalarini e’lon qildi, deb yozadi "Daryo" nashri. Tergovchilar Tesla avtopiloti normal tarzda ishlagan va halokatga sabab bo‘lmagan degan xulosaga keldi.
Hisobotda aytilishicha, elektromobilning avtomatik tormozlanish tizimi, birinchi navbatda, harakat chog‘ida to‘qnashuvlar oldini olish uchun ko‘zda tutilgan. Tesla’ning qarshisiga to‘satdan tutash yo‘ldan yuk mashinasi chiqib qolganida, u vaziyatga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin emas.
Shu bilan birga, Tesla avtopiloti avtomobil tomonidan to‘liq boshqaruvga mo‘ljallanmagan va haydovchi tomonidan doimiy nazoratni talab qiladi. Boshqarmadagilar ta’kidlashicha, avariyadan so‘ng Tesla yana bir straxovka tizimini qo‘shdi. Endi mashina haydovchi qo‘li bilan rulni tutib turishini nazorat qiladi, agar u ogohlantirishdan keyin ham rulni tutmasa, avtopilot safar yakunlangunicha, o‘chadi.
Tekshiruv, shuningdek, Tesla mashinalarida rulni avtomatik boshqarish rejimi paydo bo‘lganidan keyin, avariyalar soni 40 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
YTH 2016 yilning 7 may kuni, shimoliy Floridada sodir bo‘ldi. Model S avtomobili shosse bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida yuqori yorug‘lik tufayli yuk mashinasining tirkamasi tagiga old qismi bilan kirib ketgan. Buning oqibatida 40 yoshli Joshua Braun halok bo‘ldi. Tesla vakillarining qayd etishicha, agar avtomobil tirkamaning oldi yoki orqa qismiga urilganida, xavfsizlik vositalari haydovchining jonini saqlab qolishi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi