


"Eng yaxshi avtomobil – 2017" tanlovidagi ikkita g‘alaba yangi yilda bizni olg‘a intiltiruvchi kuch bilan quvvatlantirdi. Ushbu muvaffaqiyat avtomobillarimiz hamon hayrat uyg‘otishini ko‘rsatmoqda. Bu bizga kelajakdagi yo‘limizda ishonch beradi", deb g‘alabalarga izoh berdi Audi AG boshqaruv raisi Rupert Shtadler.
"Audi A1 va Audi A3 modellari Audi’ning ixcham shakldagi modellarida bo‘lgan barcha yaxshi narsani taklif qiladi. Muvaffaqiyatning bu resepti bilan ikki model yuqori savdo hajmlarini ko‘rsatmoqda", deb qo‘shimcha qildi Audi AG boshqaruvi a’zosi Diter Voggenreyter.



Joriy yilda jurnal tanlovni 41-marotaba o‘tkazmoqda, jurnalxonlar 11 toifa bo‘yicha 378 ta modeldan eng yaxshilarini tanladilar. A1 va A3 modellaridan tashqari, Audi’ning Q7 modeli ham yaxshi natija ko‘rsatdi, u "Katta yo‘ltanlamas" toifasida 2-o‘ringa loyiq deb topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar