
Toshkentda TTZ-“Do‘stlik” metro bekati yo‘nalishida harakatlangan 49-raqamli “Isuzu” yo‘lovchi avtobusi sirpanchiq yo‘lda ag‘darilib ketdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yo‘lovchi transporti ariqqa tushib ketib, yonboshlab qolgan. Voqea joyidan olingan fotosuratlar Facebook’dagi guruhlardan birida joylashtirildi.
Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kimga zarar etmagan. Guvohlarning fikricha, voqeaga muzlab qolgan yo‘l sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar