16:19 / 04.03.2017
6 290

Tesla’ning Xitoydagi daromadi 2016 yilda 1 milliard dollarni tashkil etdi

Tesla’ning Xitoydagi daromadi 2016 yilda 1 milliard dollarni tashkil etdi

Tesla elektromobillar ishlab chiqaruvchisining Xitoydagi daromadi 2016 yilda uch barobar oshib, 1,07 milliardni tashkil etdi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.

Hozirda Tesla daromadining 15 foizga yaqini Xitoy bozoriga to‘g‘ri keladi. Eng yirigi esa Amerika bozori bo‘lib, undagi daromadi ikki barobarga o‘sib, 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Korporasiyaning jami daromadi 2016 yilda 7 milliard dollardan iborat bo‘ldi.

Tesla o‘z biznesini kengaytirishga harakat qilmoqda. O‘tgan yili kompaniya SolarCity quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchisini xarid qildi, joriy yilda esa Tesla Motors nomlanishini Tesla’ga o‘zgartirdi. Shunga qaramasdan, Tesla daromadining 97 foizi hamon elektromobillarga to‘g‘ri keladi.

Xitoy hukumati mamlakatdagi elektromobillar sonini ko‘paytirishga intilmoqda. Xitoy allaqachon elektromobillar soni bo‘yicha AQSh va Evropa Ittifoqidan keyingi o‘rinni egallagan. Ularning soni 2016 yilda bir millionga etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla’ning Xitoydagi daromadi 2016 yilda 1 milliard dollarni tashkil etdi