Video: tezlikni oshirganlik uchun kutilmagan jazo

Video: tezlikni oshirganlik uchun kutilmagan jazo
Video: tezlikni oshirganlik uchun kutilmagan jazo

Facebook tarmog‘ining Drivetribe guruhida o‘z-o‘zidan ishlovchi «yashirin polisiyachi» haqidagi video paydo bo‘ldi. Unda yo‘lning qatnov qismiga o‘rnatilgan va tezlik oshirilgani qayd etilsa, chuqurchaga aylanadigan qurilma xususida so‘z boradi. Bunda qoidani buzgan haydovchi avtomobilining podveskasidan zarbani qabul qiladi, deb yozadi Kun nashri.

Qurilma Actibump deb nomlangan bo‘lib, Shvesiya shaharlaridan biriga o‘rnatilgan. «Avtomatik chuqurcha» radar yordamida ishga tushadi. Agar radar tezlik oshirilganini qayd etsa, «polisiyachi» 60 mm chuqurlikdagi sun’iy chuqurchani hosil qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar