Volvo kompaniyasi talabalar uchun avtomobillar ijarasi dasturi ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Gap AQShda o‘qiyotgan talabalar haqida ketmoqda: Shvesiya brendi ularga mashinalarni soddalashtirilgan tizim asosida ijaraga olishni taklif etadi.
International Student Program deb nomlangan dastur Volvo’ning yangi modellari taqdim etilishini ko‘zda tutadi. Xizmatdan foydalanish uchun o‘z mamlakati va xalqaro haydovchilik guvohnomalari, amaldagi talabalik vizasi, o‘quv yurtidan hujjat va pasport kifoya.
Talabalar dastur asosida ishlovchi yaqin atrofdagi dilerlik markaziga murojaat etishi va taklif etiladigan bir necha model ichidan o‘zlariga ma’qul kelganini tanlab olishi mumkin.
Ijara uchun haq bir marta olinadi, biroq hali narxlar ma’lum qilinmadi. Avtomobilni boshqarish uchun sug‘urta bo‘lishi ham talab qilinadi, yo‘l bosiladigan maksimal masofa esa hozircha 15 ming mil (24 ming kilometr atrofida) etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi