Xitoyda Alfa Romeo Giulia sedanining 350 nusxasi 33 soniyada sotib olindi. Xarid Alibaba servisiga tegishli Tmall onlayn maydonchasida, Tmall Super Brand Day promo-aksiyasi doirasida amalga oshirildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Sotib olingan Giulia modelining aksariyati – 290 tasi – Milano modifikasiyasiga ega bo‘lgan ikki litrli benzinli motor bilan jihozlangan. Ushbu avtomobilning bittasi 62,9 ming dollar turadi. Qolgan 60 tasi 510 ot kuchiga ega Giulia Quadrifoglio Verde sedani. Mazkur mashinaning bittasining narxi 149 ming dollarga teng.
Fiat Chrysler Automobiles (FCA) guruhidagi yana bir mashina — Maserati — 2016 yilning mart oyida Tmall servisida o‘z do‘konini ochgandi. O‘shanda kompaniya 18 soniya ichida 100 ta Levante krossoverlarini sotgan. Bitta Levante’ning narxi 146 ming dollarga teng.
2016 yil davomida 30 ta avtomobil brendi Tmall servisi orqali o‘z mashinalarini sotgan. Maserati’dan tashqari, ular orasida Audi, Mercedes-Benz va Volvo kabi brendlar ham bo‘lgan. 2016 yilning 11 noyabr kuni savdo e’lon qilinganida internet orqali 100 mingga yaqin mashina xarid qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi