10:23 / 25.03.2017
6 538

“Nissan” avtomobillardagi ot kuchini tuya kuchi bilan almashtirmoqchi

“Nissan” avtomobillardagi ot kuchini tuya kuchi bilan almashtirmoqchi
“Nissan” kompaniyasining Yaqin Sharqdagi bo‘limi hech qanday hazillarsiz avtomobillardagi ot kuchini tuya kuchi bilan almashtirish taklifini bermoqda. Bu haqda “Auto.vesti”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar qildi.

Bunday fikr ot kuchiga ega bo‘lgan mashinalarning sharqiy sahrolarda yurishga qiynalayotgani sababli kelib chiqqani aytilmoqda.

Ayni vaqtda “Nissan” kompaniyasi tarkibida “Desert Camel Power” (sahro tuyasi kuchi) deb nomlangan bo‘lim ochilgan.

Ushbu bo‘lim Avstriya yarim orolida joylashgan yo‘llardagi qiyinchiliklarni engib o‘tishda avtomobilning kerakli kuch birligini hisoblash ishlarini amalga oshiradi.

“So‘nggi ikki yil ichida biz “Nissan Patrol” avtomobilini sahroda yurishga qulaylashtirish usullarini o‘rgandik. Bunda avtomobilning og‘irligi, tezligi va harakat yo‘nalishining o‘zaro ta’siri borligini aniqladik.

Albatta, dvigatelning tortish kuchi hamda haydovchining boshqaruvchilik mahoratini ham hisobga olish lozim.

Biz bir vaqtning o‘zida sahro sharoitida yuradigan avtomobilning tezligi va harakat yo‘nalishini standartlashtirish orqali mashinaning belgilangan masofani qancha muddatda bosib o‘tishiga qarab, qancha tuya kuchi kerak bo‘lishini aniqlaymiz”, deydi “Desert Camel Power” bo‘limi muhandisi Jozef al-Hoshim.

Aslida vaziyat bundan ancha jiddiyroq. Yangi kuch birligini aniqlash ustida “Nissan” kompaniyasida faoliyat yurituvchi qator mutaxassislar qatnashishdi.

Mutaxassislar birlashib, tuya kuchi ot kuchidan kuchliroq ekanini aniqlashdi.

“Nissan” kompaniyasi ayni kuch birligini Yaqin Sharqdagi mashinalarning kuchini aniqlashda ishlatilishini ma’lum qildi.

Taxminlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar, kuch birliklari arab xaridorlariga tushunarliroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, kompaniya hisob-kitob natijalarini tuya kuchini aniqlash borasidagi shaxsiy testlarni o‘tkazishga rozilik bildirgan BAA standartlashtirish markaziga taqdim etdi. Ushbu hisob-kitoblardan so‘ng, rasman “tuya kuchi” birligini tasdiqlash mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Nissan” avtomobillardagi ot kuchini tuya kuchi bilan almashtirmoqchi