Tesla muhandislari kompaniya avtomobillarida qo‘llanuvchi litiy-ionli batareyalarning ishlatilishini xavfsizroq qilishga imkon beruvchi echimni topishdi. Akkumulyator quvvatlanayotganda yoki avtomobil harakatlanayotganda ishdan chiqishi mumkin. Yaqinda Norvegiyada Model S’ning yonib ketishi aynan mashina quvvatlanayotganda yuz bergan. Shuning uchun bunday holatlarning oldini oluvchi yangi ishlanma ayni muddao bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Patentda akkumulyator har bir yacheykasining quvvatlanish va ishlash jarayonida nazorat qila oladigan tizim ta’riflangan. Bundan tashqari, u yacheykalar holati haqida ma’lumotlarni yig‘ib, ularni kompaniyaga uzata oladi. Buning evaziga servis markazi mutaxassislari har bir aniq hodisa bo‘yicha kerakli ma’lumotga ega bo‘ladilar va muammoni tezkorlik bilan bartaraf etib, bunday hodisalarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydilar.
Biroq tizim hozircha qog‘ozda mavjuddir, bu esa kompaniya nuqson aniqlansa, avvalgidek sinalgan eski usulni qo‘llashiga to‘g‘ri kelishini anglatadi – nuqsonli batareyalarning qaytarib olinishi kompaniyaga mo‘maygina pulga tushsa ham, biroq ishonchli ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi