15:51 / 03.04.2017
7 196

Tesla kompaniyasi sotuvlari 69 foizga o‘sdi

Tesla kompaniyasi sotuvlari 69 foizga o‘sdi
2017 yilning I choragida Tesla avtomobillarining dunyo miqyosidagi sotuvlari 69 foizga o‘sdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, joriy yilning I choragida jami 25 418 avtomobil sotilgan, ulardan 13 450 tasi — Model S va 11 500 tasi — Model X. Bu raqamlar Tesla faoliyatidagi rekord ko‘rsatkichlar hisoblanadi.

Model S sotuvlari o‘tgan yilgiga nisbatan taxminan 8 foizga o‘sdi. Hozirda yana 4 650 avtomobil iste’molchilarga etkazilish jarayonida.

Tesla o‘tgan chorakda 24 500 avtomobil sotgan. Kompaniya sotuvlarni hisoblashda "konservativ" usuldan foydalanishini ta’kidlaydi, ya’ni avtomobil xaridorga etkazilgandan keyingina sotilgan hisoblanadi.

Kompaniyada ma’lum qilinishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish - kompaniya moliyaviy daromadining asosiy, lekin yagona ko‘rsatkichi emas.

Yaqinda Tesla bozor kapitalizasiyasi bo‘yicha Ford'ga deyarli etib oldi.//zamin.uz/uploads/posts/2017-04/1491215659_gf0y6r6naeyps1m3fa2lcx56-xjc1kxz.jpg[/img]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla kompaniyasi sotuvlari 69 foizga o‘sdi