20:05 / 03.04.2017
6 813

Hyundai yangi krossoveriga Gavayi oroli hududlaridan birining nomini berdi

Hyundai kompaniyasi Evropa bozori uchun mo‘ljallangan krossover Kona deb nomlanishi haqida e’lon qildi. Yangi avtomobil Gavayi oroli hududlaridan birining sharafiga shunday nomlandi, deb xabar bermoqda «Motor»ga asoslanib Daryo.uz sayti.
Hyundai yangi krossoveriga Gavayi oroli hududlaridan birining nomini berdi
Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, yo‘ltanlamasning faralari aks etgan tizerni e’lon qildi. Yangi mashina Hyundai’ning Grand Santa Fe, Santa Fe va Tucson modellaridan keyingi Evropadagi to‘rtinchi krossoveri bo‘ladi.

Hyundai yangi avtoulov haqida batafsil ma’lumotlarni keyinroq ma’lum qilishga va’da berdi.

Avvalroq Hyundai kompaniyasi «A» va «B» segmentidagi ikkita qulay krossover ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilingandi. «B» segmentidagi avtomobil 2018 yilda paydo bo‘lishi va Honda HR-V, Fiat 500X hamda MINI Countryman’ga raqobatchilik qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hyundai yangi krossoveriga Gavayi oroli hududlaridan birining nomini berdi