Lada Vesta iyun oyida yangi funksiyalar bilan boyiydi

AvtoVAZ kompaniyasi butlovchi qismlar tanqisligi sababli Lada Vesta modellaridan olib tashlangan bir qator qulayliklarni qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Iyun oyidan boshlab dilerlik markazlariga yangilangan jihozlar to‘plamiga ega avtomobillar yetkazib berila boshlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Eng muhim yangilik — iqlim nazorati (climate control) tizimining qaytishi. Ushbu funksiya 1,6 va 1,8 litrli dvigatellar bilan jihozlangan Drive versiyasida, shuningdek, 1,8 litrli motorga ega Techno komplektatsiyasida taqdim etiladi.
Shuningdek, Lada Connect Start telematik tizimidan foydalanish imkoniyati kengaytirildi. Endilikda ushbu tizim Comfort, Practic, Drive va Techno kabi ko‘plab komplektatsiyalarda mavjud bo‘ladi. Tizim avtomobilning bir qator funksiyalarini masofadan turib boshqarish imkonini beradi.
Bundan tashqari, 1,6 va 1,8 litrli dvigatellarga ega Drive komplektatsiyasidagi avtomobillar yomg‘ir va yorug‘lik datchiklari bilan ham jihozlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!