
Kecha, 16 aprel kuni Toshkentning Sergeli tumanida shlakoblok ortilgan “ZiL” yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari yozgan ma’lumotga tayanib Qalampir.uz yozishicha, yo‘l-transport hodisasi Makro supermarketi yonidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida sodir bo‘lgan.
Matiz rusumli avtomobil piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan. Uning ortidan katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi esa vaqtida to‘xtay olmagan va chap tarafga ag‘anab ketgan. Natijada yengil mashinaga zarar etgan.
“Xayriyat, odamlarga shikast etmadi”, deb yozadi guvohlardan biri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar