date

360 ot kuchi va 1400 km masofa: Yangi Exeed RX 2027 sotuvga chiqdi

360 ot kuchi va 1400 km masofa: Yangi Exeed RX 2027 sotuvga chiqdi

Xitoy bozorida Exeed RX modelining 2027-yilgi yangilangan versiyasi rasman sotuvga chiqdi. Premium krossover Global Edition 120, Global Edition 400T va Yaoye Edition kabi uch xil komplektatsiyada debyut qildi. Xaridorlarga anʼanaviy ichki yonuv dvigateli hamda C-DM gibrid tizimi orasidan tanlash imkoniyati taqdim etilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avtomobilning rasmiy narxi 137 900 dan 152 900 yuangacha (taxminan 19 000 – 21 000 dollar) etib belgilangan. Biroq sotuvlarning ilk bosqichida maxsus chegirmali taklif amal qilmoqda, unga koʻra krossoverni 124 900 yuandan boshlab xarid qilish mumkin. Exeed RX 2027 oʻlchamlari 4781 x 1920 x 1671 mm ni, gʻildiraklar bazasi esa 2815 mm ni tashkil etadi.

Krossover saloni yuqori sifatli yumshoq materiallar, jumladan, zamshali shift va Nappa terisi bilan qoplangan oʻrindiqlar bilan jihozlangan. Old oʻrindiqlar ventilyatsiya, isitish va massaj funksiyalariga ega. Shuningdek, avtomobilda shovqin izolyatsiyasini yaxshilovchi ikki qavatli yon oynalar va 256 xil rangli atmosfera yoritgichi mavjud.

Gibrid versiya (C-DM) 1,5 litrli turbo dvigatel va elektromotor yordamida umumiy 360 ot kuchi hamda 530 N·m aylantiruvchi moment hosil qiladi. Faqat elektr rejimida 120 km, toʻliq bak bilan esa 1400 km dan ortiq masofa bosib oʻtish mumkin. Benzinli variant esa 2,0 litrli TGDI motor (261 ot kuchi) va 7 pogʻonali robotlashgan uzatmalar qutisi bilan taʼminlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » 360 ot kuchi va 1400 km masofa: Yangi Exeed RX 2027 sotuvga chiqdi