date

Rossiyada O‘zbekiston mashinalarining sotilishi qariyb 60 foizga tushdi

Rossiyada O‘zbekiston mashinalarining sotilishi qariyb 60 foizga tushdi

2015 yilning iyun oyida Rossiyada Daewoo mashinalaridan 1 735 dona sotildi. Bu 2014 yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan (3 131) 45 foizga kamroqdir. Bunday ma’lumotlar Evropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasining hisobotida aks etgan, deb yozamoqda Kun.uz.
Hujjatda aytilishicha, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston mashinalaridan bor-yo‘g‘i 10 357 dona sotilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 24 019ga teng edi. Shu tariqa, tushish 57 foizni tashkil qildi.
Rossiyada avtobozoridagi umumiy holat olinadigan bo‘lsa, iyun oyidagi umumiy tushish 29.7 foizni, yarim yillikdagi tushish esa 36.4 foizni tashkil qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Rossiyada O‘zbekiston mashinalarining sotilishi qariyb 60 foizga tushdi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari