2016 yilda o‘zbek avtomobillari dunyoning necha davlatiga eksport qilindi?

2016 yilda o‘zbek avtomobillari dunyoning necha davlatiga eksport qilindi?
GM Uzbekistan 2016 yilda o‘z mahsulotini jahonning 26 davlatiga eksport qildi. Kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida 2016 yildagi avtomobillar etkazib berish geografiyasi taqdim etilgan.

Jumladan, eksport MDHning barcha mamlakatlari – Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Armaniston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga amalga oshirilgan.
2016 yilda o‘zbek avtomobillari dunyoning necha davlatiga eksport qilindi?
Osiyoda – Afg‘oniston, Iroq, BAA, Iordaniya va Livanga.

Afrikada – Somali, Madagaskar, Liviya, Senegal, Tunis, Kabo-Verde, Kot'd Ivuar, Gana, JAR va Nigeriyaga.

GM Uzbekistan eksport hajmiga oydinlik kiritmagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar