7 956
GM-Uzbekistan rahbari elektromobil ishlab chiqarilishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi
GM-Uzbekistan tasarrufidagi korxonalarga uyushtirilgan press-tur davomida korxona bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning elektromobillar ishlab chiqarish borasidagi savollariga javob berar ekan, jumladan, shunday dedi:
“Bunday avtomobillar ishlab chiqarish tannarxi juda qimmatga tushadi. Bu kabi avtomobillarni ishlab chiqarish juda rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilmoqda”, - dedi Rustam Rajabov. - “Misol qilib aytadigan bo‘lsak, Gollandiya 2025 yildan keyin ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan butunlay voz kechadi. Bunday talabga ularning turmush tarzi, strukturasi va qo‘shimcha imkoniyatlari javob beradi”.
Rustam Rajabovning ta’kidlashicha, GM-Uzbekistan korxonasida bu yo‘nalishda ish olib borilmayapti. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korxonada alternativ yoqilg‘ida, ya’ni gazda harakat qiluvchi avtomobillar ustida ish olib borilmoqda. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, endi korxonaning o‘zidan gazda yurishga ixtisoslashgan avtomobillar ishlab chiqariladi.
“Hozirgi, ya’ni benzinda yurishga mo‘ljallangan avtomobillarda gazda yurish qurilmasining o‘rnatilishi oqibatida mashinaning metallariga jiddiy shikast etmoqda. 10 yilga kafolatlangan motor, 2-3 yilga borib ishdan chiqmoqda. Biz mana shularni hisobga olgan holda, zavodning o‘zidan gazda yurishga ixtisoslashgan avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz”, dedi Rustam Rajabov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...