Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi

Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi
So‘nggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha ko‘paygani sabab ba’zi ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, deb xabar yozadi «Samarkandskiy Vestnik».

Ushbu muammolarni inobatga olgan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Samarqand shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan mototsikllarni taqdim etdi.
Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida bo‘lib o‘tgan namoyish seminari ishtirokchilari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirilgan mototsikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.
Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi
Samarqand shahri yo‘l nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar