Mahindra & Mahindra avtokompaniyasi Mahindra Jeeto Mini Van ixcham minivenini sotishni boshlashi haqida e’lon qildi, deb yozmoqda Carzone sayti.
Hamyonga xush yoquvchi miniven gabariti ham kamtargina 3 341 x 1 485 x 1 750 mm. G‘ildiraklar bazasi 2 250mm. Tubi erdan 180 mm baland.
Minivenning oyna tozalagichi bittagina. Saloni sodda jihozlangan, ikkita o‘rindiq, ortida sidirg‘a divan. Haydovchining orqasida yana bir kreslo bor. Salonning metall qismlari yopilmagan joylar bor.
Konsern vakillari Mahindra Jeeto Mini Van misli ko‘rilmagan darajada xavfsiz va mustahkamligini uqtirmoqda. Ammo mashinada na ABS va na xavfsizlik yostiqchasini uchratasiz. To‘g‘ri, xavfsizlik kamari bor.
Jeeto 0,6 litrli 16 ot kuchiga ega motor bilan bozorga chiqariladi. To‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi unga hamroh. Benzinli va tabiiy gaz bilan ishlovchi versiyalari savdoga chiqadi.
Miniven bahosi 345 ming rupiydan (5350 dollarga yaqin) boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi