21:18 / 03.08.2017
6 931

«GM Uzbekistan» AJ ning avtomobillarni sotish davomidagi tovlamachilik haqida xabar tarqalishiga munosabati

«GM Uzbekistan» AJ ning avtomobillarni sotish davomidagi tovlamachilik haqida xabar tarqalishiga munosabati
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga berilgan egasi yozilgan sertifikatlardan foydalanish yo‘li bilan «GM Uzbekistan» AJ ning avtomobillarini sotish davomida tovlamachilik bilan shug‘ullangan «Sirdaryoavtotexxizmat» MCHJ ning xodimi Abdumurod Xakberdiyevning ushlanishi haqidagi yangilik xabari tarqalishi munosabati bilan, quyidagilarni bildiramiz, deb bayonot bermoqda «GM Uzbekistan» AJ.

«GM Uzbekistan» AJ korrupsiyaning har qanday holatlarini qat’iy qoralaydi va korxonamizning faoliyatiga daxldor bo‘lgan va avtomobillarni sotish jarayonida noqonuniy boylik orttirishga intilgan har qanday mansabdor shaxsga yoki tashkilotga nisbatan o‘zining murosasiz yo‘l tutishi haqida e’lon qiladi.

Biz tomonimizdan korrupsiya holatlari namoyon bo‘lishining oldini olish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilgan, ular institutsional xususiyatdagi choralarni ham (yangi savdo tizimi, shartnomani olish uchun buyurtmalarni elektron ro‘yxatga olish kiritilishi, avtomobillarni taqsimlashda shaffoflikni ta’minlash va hokazo), tashkiliy masalalarni, jumladan GM Uzbekistan va dilerlik korxonalarining barcha xodimlari ichida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishni ham o‘z ichiga oladi.

Korxnamizning va barcha dilerlik tashkilotlarining har bir xodimi noqonuniy boylik orttirish maqsadida korrupsiya va tovlamachilikning har qanday holatlari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yozma majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.

Avtomobillarni sotish sohasida band bo‘lgan tashkilotlar bilan individual dilerlik bitimlariga tegishli majburiyatlar kiritilgan.

Ushbu qoidalar noqonuniy boylik orttirish usullaridan foydalanishning biror-bir holatlari aniqlanishi holatida turli javobgarlik choralarini, shu jumladan barcha shartnoma majburiyatlarining bekor qilinishini ko‘zda tutadi.

Ushbu holat bo‘yicha esa, Abdumurod Xakberdiyev, dilerlik tashkilotlarining barcha xodimlari kabi, 2017 yil yanvar oyida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida barcha qonunchilik me’yorlariga rioya qilish majburiyatini imzolagan va yozma shaklida o‘z zimmasiga olganligini alohida ta’kidlamoqchimiz. Bunga qaramay, ushbu shaxs, aftidan, o‘zining noqonuniy harakatlari oqibatlarining jiddiyligini va jinoiy harakatlari uchun jazo muqarrarligini oxirigacha anglab yetmagan.

Shu bilan birga, bitta ma’lum shaxsning harakatlari xususiy holatt ekanligini, va zinhor «GM Uzbekistan» AJ avtomobillarini sotishning butun tizimiga taalluqli bo‘la olmasligini ta’kidlaymiz. Faoliyatimizning barcha jihatlarini qat’iy qonunchilik doirasida amalga oshirish kompaniyamiz uchun eng muhim ustuvor jihat bo‘lib, undan har qanday chetlashuvlarga qat’iy chek qo‘yiladi.

Shu munosabatda, «GM Uzbekistan» AJ huquqni muhofaza qilish va sud organlariga ushbu salbiy voqeaning barcha holatlarini to‘liq tergov qilishni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyor.

Ayni paytda, shuni eslatamizki, «GM Uzbekistan» AJ va dilerlik korxonalarining xodimlari tomonidan pri realizatsii avtomobillarni sotish paytida har qanday noqonuniy harakatlar, u yoki bu harakatlari uchun qo‘shimcha noqonuniy pul mablag‘larini undirishga urinishning har qanday holatlarida darhol bizga 147-14-14 ishonch telefoni orqali bildirish yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishni so‘raymiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «GM Uzbekistan» AJ ning avtomobillarni sotish davomidagi tovlamachilik haqida xabar tarqalishiga munosabati