Minskda Belarusda ishlab chiqarilgan ilk elektromobilning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mashinani Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Semashko sinovdan o‘tkazdi.
Hukumat matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Belarusning ilk elektromobili mamlakat fanlar akademiyasi tomondan taqdim qilingan. “Avtomobil harakatchan, yaxshi tezlashadi. Anchadan beri avtomat uzatmalar qutisiga ega avtomobilda yuraman. Farqni sezmadim”, deb aytgan Semashko.
“Oldingizda elektromobillarga xos barcha ko‘rsatkichlar, tashqi ko‘rinish va elektr qismlarga ega tajribaviy nusxa turibdi. Biz uni bu yo‘nalishda tajribaga ega boshqa kompaniyalarni jalb qilgan holda yaratdik”, deb aytgan Birlashgan mashinasozlik instituti bosh direktori Sergey Poddubko.
Semashkoning aytishicha, hozircha Belarus elektromobilining yurish zaxirasi uncha ko‘p emas, u 100-150 km ni tashkil qiladi. “Biroq barcha narsa takomillashadi. Litiy batareyalar ham, superkondensatorlar ham rivojlanadi. Biz superkondensatorlarni o‘zlashtirish vazifasini oldimizga qo‘ymoqdamiz”, deb aytgan Semashko.
Uning fikricha, kelajak elektromobillar ortida. “Bu avvalambor ekologiya masalasidir. Ikkinchi masala – iqtisod. Ushbu avtomobilni 100 km ga quvvatlash bugungi yuqori narx-navolarimizda bor-yo‘g‘i 2-3 Belarus rublini (1-1,5 dollar) tashkil qiladi. Bu uncha ko‘p emas”, deb aytgan Semashko va mashinaning energiya sarflashdagi tejamkorligiga e’tibor qaratgan.
Ma’lum qilinishicha, mashinaning seriyali ishlab chiqarilishi yangi qurilayotgan “BelDji” zavodida yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, mashina dvigateli quvvati 80 ot kuchini yoki taxminan 60 kilovattni tashkil qiladi, bu esa shaharda harakatlanish uchun etarlidir. Maksimal tezligi soatiga 110 km. Ushbu elektromobil Xitoyning GeelySC7 mashinasi negizida yaratilgan. Mashinaning narxi ma’lum qilinmagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi