
Bu rullar yengil avtomashinalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Sayer» deb nomlangan. Mundoq olib qaraganda, uning odatiy rullardan sira farqli jihati yo‘qdek tuyuladi. Ammo unday emas. Aqlli rul bir necha o‘nlab funksiyalarni ado etadiki, bu haydovchi uchun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan imkoniyatlarni yaratib beradi.
Masalan, aqlli rulning muhim jihatlaridan biri shundaki, agar siz ertasi kuni qayergadir belgilangan vaqtda jo‘nashingiz lozimligini aqlli rulga bayon etsangiz, u buyruqni xotirasida saqlab qoladi va aytilgan daqiqalarda mashina motorini o‘zi mustaqil tarzda o‘t oldirib, siz tashqariga chiqadigan eshik ro‘parasiga olib keladi-yu, signal berib sizni chaqiradi.
Muhandislar hozircha aqlli rullarning qolgan xususiyatlarini ma’lum qilishmayapti. Bu haqda sentyabr oyi oxirlaridagina xabar topish mumkin ekan.
Manba: hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing