Mercedes-Benz brendiga egalik qiluvchi Daimler AG’ning yapon bo‘linmasi - Mitsubishi Fuso Truck and Bus Corporation (MFTBC) kompaniyasi chorshanba, 25 oktyabr kuni Tokyo Motor Show avtosaloni doirasida dunyodagi birinchi og‘ir elektr yuk mashinasi konseptini taqdim etdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Mashina E-Fuso Vision One nomini oldi. 23 tonnalik elektr yuk mashinasining bir zaryadda yurish masofasi 350 km.ga yetadi. Ta’kidlanishicha, uning yuk ko‘tarish imkoniyati taxminan 11 tonnani tashkil qiladi.
Shu tariqa, Daimler 26 oktyabr kuni Semi elektr yuk mashinasini taqdim etishni rejalashtirgan, biroq Model 3 bilan bog‘liq muammolar tufayli taqdimotni 16 noyabrga qoldirgan Tesla’ni ortda qoldirdi. Ilon Maskning kompaniyasi taxminicha, yangi mashina yurish zaxirasi 320-480 km.ni tashkil qiladi.
E-FUSO Vision One’ning seriyali ishlab chiqarilishi to‘rt yil davomida boshlanishi lozim. Daimler Yaponiya, AQSH va Yevropa bozorlariga kirishni mo‘ljallagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi