Toshkent shahridagi «Minor» metro bekati yaqinida Nexia avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. UzNews’ning xabar berishicha, hodisa oqibatida to‘rt kishi jabrlangan.
Shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, burilish joyida Matiz haydovchisi salonida uch qiz va bir yigit bo‘lgan Nexia’ga yo‘l bermagan. Oqibatda Nexia haydovchisi Matiz bilan to‘qnashuvning oldini olish maqsadida katta tezlikda burilib, beton ustunga urilgan.
«Nexia haydovchisining yelkasi chiqib ketgan, u ayni vaqtda shifoxonada davolanmoqda. Hodisani avtobus bekatida kuzatib turgan guvohlardan hech biriga jabr yetmagan», — deb yozadi UzNews.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi