
Volkswagen korporatsiyasining Rossiyadagi rasmiy vakolatchisi — «Folksvagen grup rus» MChJ 30777 ta Polo Sedan avtomobillari chaqirib olinishini ma’lum qildi. Bu haqda «Vedomosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Gap 2015–2017 yillarda sotilgan mashinalar haqida ketmoqda. Starter relesining uzunligi yetarli emasligi bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda — bu nosozlik mashinani o‘t oldirishga xalaqit berishi mumkin.
Polo Sedan egalari mustaqil ravishda avtomobil VIN-kodini «Rosstandart» agentligidagi ro‘yxat bilan tekshirib, ularning mashinasi qaytarib olinish-olinmasligini bilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar