date

Chevrolet Cobalt’ning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi

Chevrolet Cobalt’ning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi

Chevrolet kompaniyasi bir necha oylar muqaddam Rossiya bozoridan chiqib ketgan Opel brendining Camaro, Corvette, Tahoe rusumlarinigina ushbu mamlakat bozorida qoldirgan edi. Shu bilan birga, 2016 yildan Rossiya bozoriga restaylingdan o‘tkazilgan Cobalt qaytishi mumkinligi aytilmoqda. Mashinaning ilgarigi modeli bu bozorda etarlicha mashhurlikka ega bo‘la olmagan edi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Aytilishicha, Cobalt Rossiyaga Ravon R4 nomi ostida qaytadi. Uning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.
Braziliyaning Autos Segredos nashri yozishicha, mashina dizayni keskin o‘zgaradi. Radiator panjarasi, frontal va orqa optika hamda bamperlar tamoman yangilanadi. Tashqi zeb berishda xromdan ko‘proq foydalaniladi. Intererga esa tegilmaydi, faqat salon qulayliklariga sensorli displey hamda orqa ko‘rinish kameralariga ega MyLink II multimediya tizimi qo‘shiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Chevrolet Cobalt’ning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi