
2017 yil iyul oyida tamal toshi qo‘yilgan Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive zavodida yiliga 16 ming Peugeot Expert va Peugeot Boxer rusumidagi tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019 yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, zavod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyundagi «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zavtosanoat» AK va Peugeot Citroen Automotive guruhi o‘rtasidagi kelishuv asosida qurilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar