date

Chevrolet 2015 yilda Malibu va Lacetti’ning Corvette superkariga o‘xshash yangi modellarini taqdim etadi

Chevrolet 2015 yilda Malibu va Lacetti’ning Corvette superkariga o‘xshash yangi modellarini taqdim etadi

AQShning Chevrolet kompaniyasi yangi modellarini Corvette Stingray superkariga o‘xshatib chiqarmoqchi. Bu haqda General Motors konsernining global dizayn bo‘limi rahbari Eda Uelbarn ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Motor.ru».

«Yangi Malibu, Cruze va Volt tez orada bozorga chiqadi hamda ularda Corvette bilan umumiy jihatlarni ko‘rishingiz mumkin. Jumladan, yangi modellarning orqa yoritish tizimi shakli Corvette chiroqlariga o‘xshash bo‘ladi», − dedi Uelbarn.

Chevrolet 2015 yildan boshlab taqdim etiladigan tashqi ko‘rinishi Corvette usulidagi modellar kompaniyaning yangi raqobat ustunliklari bo‘ladi deb hisoblamoqda. Dizayndagi boshqa o‘zgarishlar haqida ma’lumot berilmagan. 2015 yil yanvarida Detroytdagi avtoko‘rgazmada taqdim etiladigan Chevrolet Volt modeli suratlarida haqiqatdan ham Corvette elementlarini ko‘rish mumkinligi qayd etilgan.

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Chevrolet 2015 yilda Malibu va Lacetti’ning Corvette superkariga o‘xshash yangi modellarini taqdim etadi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari