AQSh uchun Ford Kuganing restayling versiyasi tayyorlandi

Ford yangilangan Escape krossoverini taqdim etdi, bu avtomobil evropalik xaridorlarga Kuga nomi bilan namoyish etilgan, deb xabar bermoqda Carzone.uz nashri.
Endi Escape/Kuga radiator panjarasining boshqachaligi bilan eski Edge modeliga o‘xshab qolgan. Shuningdek, yangilangan versiyaning orqasidagi diodli chiroqlari va g‘ildirak disklari ham boshqacha ko‘rinish olgan.
Intererda rul, markaziy tonnelning bezagi, qo‘l tormoz tugmasi (an’anadagi richagdan boshqacha) o‘zgargani ko‘zga tashlanadi.
Ford Escapening SYNC 3 axborot-ko‘ngilochar tizimi bor, bu tizim
dasturi Blackberry firmasiga tegishlidir. Mobil ilova yordamida masofadan turib dvigatelni o‘t oldirish, yonilg‘i sathini nazorat qilish, eshiklarni ochish va yopish mumkin.
AQSh bozori uchun chiqarilgan krossoverni EcoBoost dvigatellar oilasiga mansub 180 ot kuchiga ega 1,5 litrli turboagregat harakatlantiradi. Ikkinchi avtomobilning turbomotori hajmi 2 litr, quvvati esa 245 ot kuchiga teng.
Okean ortida Ford Escape savdosi yil oxirida boshlanadi, ko‘hna qit’a bozorlariga chiqish sanasi, hozircha, oshkor etilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing